Nukus shahar 1-sonli politexnikumining «Talabalar turar joyi»da talabalar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va intelektual salohiyatini oshirish maqsadida shaxmat bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.

Musobaqada turli kurs va yo‘nalishlarda tahsil olayotgan talabalar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini sinovdan o‘tkazishdi. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslarda eng yaxshi natija ko‘rsatgan talabalar g‘olib deb topilib, rag‘batlantirildi.

Bunday intellektual musobaqalar talabalar o‘rtasida do‘stona muhit yaratish bilan birga, ularning mantiqiy fikrlash qobiliyatini ham rivojlantirishga xizmat qiladi.

Olimpiada g‘olibi institutga tavsiya etildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi kasb-hunar maktablari o‘quvchilari orasida Nukus Innovatsion Instituti tomonidan o‘tkazilgan olimpiadada yuqori natijaga erishgan Kobeysinov Ulug‘bek Oserbay o‘g‘li institutda tahsil olish uchun talabalikka tavsiya etildi.

Bu muvaffaqiyat uning bilimga chanqoqligi va intiluvchanligining natijasi bo‘lib, institut tomonidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi muhim qadamlardan biri hisoblanadi.