8 aprel kuni Nukus shahridagi 1-son Politehnikumida «Rus tili va adabiyoti yili – 2025» loyihasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Ushbu loyiha «Russkiy mir» jamg‘armasi ko‘magida amalga oshirilmoqda.
Tadbir ta’lim muassasasining madaniy hayotida muhim voqeaga aylandi. Unda talabalar, o‘qituvchilar va faxriy mehmonlar ishtirok etdilar.
Tadbirda Politehnikum direktori M.T. Seitbekov, Rus madaniy markazi rayisi Galina Zorkina, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi vakillari hamda o‘qituvchilar so‘zga chiqdilar. Ular o‘z nutqlarida rus tilini bilish, rus madaniy merosini asrash va yoshlar orasida adabiy didni rivojlantirishda mazkur loyihaning ahamiyati katta ekanligini ta’kidladilar.
Kechaning dasturiga talabalar tomonidan tayyorlangan konsert dasturi ham kiritilgan bo‘lib, u tadbirning yorqin jihatlaridan biriga aylandi. Unda she’rlar va musiqa chiqishlari yangradi.
Loyiha ochilishi rus tili va adabiyotini o‘rganish, talabalar ijodiy tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda madaniyatlararo muloqotni mustahkamlashga qaratilgan qator tashabbuslarga asos bo‘ldi.