Sorry, this entry is only available in Uzbek. For the sake of viewer convenience, the content is shown below in the alternative language. You may click the link to switch the active language.

Nukus shahri 1-kasib-hunar maktabining hisob-kitob boʻlimi tomonidan xizmat koʻrsatib kelinmoqda. Hisob-kitob bo’imi,  umumiy qarjilar hisobi, ularning to’g’ri taqsimlanishi, ishlovchilarning ish haqilari o’z vaqtida hisoblanishin olib boradigan bo’lim hisoblanadi.

Hisob-kitoblar boʻlimining asosiy vazifalari sifatida quyidagilarni taʼkidlash mumkin:

-budjet mablag’larining, shu jumladan, budjetdan tashqari mablag’larning xarajatlar smetasida ko’rsatilgan muayyan maqsadlar uchun sarflanishi, bundan tashqari pul xarajatlari va moddiy qimmatbaho buyumlar ustidan nazorat olib borilishi;

-buxgalteriya hisobining qonunchilik talablariga muvofiqligini kuzatib boradi;

-ishshilarning ish haqilari va unga teng bo’lgan to’lovlarni belgilangan tartibda va o’z vaqtida hisoblab chiqadi;

-pul mablag’lari, hisob-kitoblar va moddiy qimmatbaho buyumlar, shu jumladan boshqa aktivlar va majburiyatlarni inventarizatsiyasida ishtirok etadi, inventarizatsiya natijalarini o’z vaqtida rasmiylashtiradi va ularni buxgalteriya hisobotlarida ko’rsatib boradi;

– moddiy qimmatbaho buyumlarni olish uchun berilgan ishonch qog’ozlarining hisobini olib boradi va ulardan to’g’ri foydalanishni nazorat qiladi;

-moliyaviy hisob-kitoblarni belgilangan muddatda tuzish va topshirish;

– muassasa rahbari tomonidan tasdiqlanadigan xarajatlar smetalari va ularga qo’shimcha hisob-kitoblarni tuzish;

Keyingi davrlarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari hayotning barcha sohalariga kirib kelmoqda. Hisob-kitob boʻlimlarida ham zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari asosida ish olib borish yangi kompyuter dasturlari joriy etilmoqda. 1-sonli kasip-hunar maktabida barcha hisob-kitoblarni olib borish uchun hisob-kitob boʼlimi tomonidan ” UzASBO “dasturi keng qo‘llanilmoqda.

“UzASBO” dasturi O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2013-yil 30-apreldagi “O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tizimida va budjet muassasalarida zamonaviy kommunikatsiya texnologiyalari va xizmatlarini joriy etish to’g’risida” gi 63-son buyrug’iga muvofiq Moliya vazirligining tegishli tuzilmalariga 2013-yil 1-iyulga qadar “UzASBO” kompyuter dasturini ishlab chiqish vazifasi yuklatilgan;

“UzASBO” kompyuter dasturi bir qator foydali xususiyatlarga ega. Jumladan, O’zbekiston Respublikasi qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlari, Vazirlar Kengashi qarorlari, har bir vazirlik, shu jumladan, Moliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan g’aznachilik joylashuvi bilan bog’liq bo’lgan buxgalteriya hisob-kitoblarini yuritish va hisob-kitoblarni tayyorlashga oid metodik ko’rsatmalarga kiritilgan boshqa qo’shimchalar markazlashgan tarzda o’zgartiriladi olib boriladi. Maʼlumotlar bazasi maxsus serverlarda saqlanadi va har bir kiritilgan maʼlumotlar oʼsha kunning oxirida arxivda saqlanishi uchun kititilishi mumkin;

Bundan tashqari, bu kompyuter dasturi hisobchilar uchun katta imtiyozlar beradi. Shuni aytish joizki, bu dastur yordamida tez va aniq hisoblash mumkin. Hisob-ki toblarni tezkor Internet tarmogʼi bilan toʼgʼridan toʼgʼri uzatish mumkin. Internetga ulangan kompyuterlar orqali hisob-kitob qilish imkoniyati yaratildi. Ushbu imtiyozlar hisob-kitoblar boʼlimining ishini osonlashtiradi va hisob-kitob larni aniq olib borishga imkon beradi;