Nukus shahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabida o‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan tadbir bo’lib o’tdi.

21-oktabr kuni Nukus shahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabida o‘zbek tili kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. O‘quvchilar usbu bayramda o’z bilimlarini va ona tiliga bo‘lgan mehr-muhabbatini ifodalash bilan bir qatorda o‘z ijodiy qobiliyatlarini ham namoyish qildilar.

Maktab o‘quvchilari turli xil chiqishlar bilan qatnashdilar: o‘zbek tilida she’rlar o‘qidilar, sahna ko‘rinishlarini ijro etdilar va vatanparvarlik qo‘shiqlarini kuyladilar. Ayniqsa, o‘zbek madaniyatining go‘zalligi va boyligini aks ettirgan raqslar tomoshabinlar e’tiborini tortdi.

Tadbir katta tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lib, bolalarda o‘z madaniyati va til merosiga hurmat uyg‘otdi. O‘zbek tili kuni — bu ona tilini saqlab qolish va uni kelajak avlodlarga yetkazish zarurligini eslatib turadigan bayramdir.