Nukus shahridagi 1-sonli politexnikumda Navro’z bayrami katta shodiyonalar bilan nishonlandi. Tadbirda o‘quvchilar va o‘qituvchilar milliy liboslarda ishtirok etib, xalqona o‘yinlar va konsert dasturlari namoyish etildi. Shuningdek, sumalak tayyorlanib, barcha ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi. Ushbu tadbir milliy qadriyatlarimizni asrash va yoshlar o‘rtasida birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
