1-son kasb-hunar maktabi o‘quvchilari qo‘l jangi musobaqalarida faxrli o‘rinlarni egallashdi
Nukus shahridagi 1-son kasb-hunar maktabining “Kompyuter grafikasi” yo‘nalishi I/3-guruh o‘quvchisi Sisenova Sveta qo‘l jangi bo’yicha musobaqalarda 60 kg vazn toifasida birinchi o‘rinni egallab, katta g’alabani qo‘lga kiritdi. Uning maktabdoshi II /4 «O’rt o’chiruvchi» guruhi o’quvchisi Jiyenbaeva Shaxribanu qo’l jangi bo’yicha o’z mahoratini yuqori darajada namoyish etdi va faqrli uchinchi o’rinni egalladi. Qoraqalpog’iston spotchilari o’rtasidagi ushbu musobaqа butun mintaqadan eng yaxshi sportchilarni bir joyga to‘pladi va ikkala talabamiz ham ushbu muhim tadbirda munosib istirok etishdi.
Sisenova Sveta va Jiyenbaeva Shaxribanu nafaqat iste’dotli o‘quvchilar, balki yangi marralarni dadil zabt etayotgan mehnatsevar spotchilardir. Ularning g‘alabasi nafaqat shaxsiy yutuq, balki ta’lim va sportni uyg‘unlashtirishning yorqin ifodasi va maktabimizning faqridir.
1-son kasb-hunar maktabi rahbariyati va o‘qituvchilari o‘quvchi qizlarimizni tabriklab, ularga ta’lim va sportda yanada katta yutuqlar tilashdi.
Ajoyib g‘alaba bilan tabriklaymiz!
Bizning o‘quvchimiz Jalilov Saparmurat Qoraqalpog‘iston Respublikasi kubogi doirasidagi Ushu bo‘yicha musobaqalarda 85 kg vazn toifasi va 15-17 yoshdagi o‘smirlar orasida birinchi o‘rinni egallab, o‘zini yuqori darajada namoyon etdi.
Bu yutuq nafaqat o‘quvchimizning, balki Kasb-hunar maktabmizning katta yutug’idir. U katta mehnat qildi va ushbu e’tirofga loyiq bo‘ldi, uning muvaffaqiyatlari esa boshqa o‘quvchilarni yuksak marralarga intilish va yoshlar orasida sportni rivojlantirishga ilhomlantiradi.