Chet-tili fani o’qituvchisi Jienbaeva Aynura Batirbek qizi shu yil respublikamiz miqyosida o’tkazilgan“Bo‘lajak olim” tanlovining «Ayollar biznesi uchun birinchi qadam” tanlovida ishtirok etib g’oliblikni qo’lga kiritdi.Eslatib o’tamiz bu tanlov O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi “Oilalarni mustahkamlash
va xotin-qizlarning faolligini oshirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” PQ-401-son qarori 3-ilovasi 21-bandida berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida, shuningdek, “Bo‘lajak olim” tanlovi doirasida tashkil etiladigan tanlov. Ushbu tanlovda 40 yoshdan oshmagan xotin-qizlar o‘zlarining ilmiy g‘oyalari va startap loyihalari bilan ishtirok etishi mumkin.
