1965-1966 yillarda Nukus qurilish texnikumi tuzildi. 1991-1992 o‘quv yilida Nukus qurilish texnikumi bazasida Nukus qurilish kolleji deb qayta tashkil etildi. 2001-yilda Vazirlar Mahkamasining 253-sonli qaroriga muvofiq o’rta maxsus ta’lim kasbiy ta’lim muassasasiga aylantirildi.
2004 -yil 27-yanvardagi N16-sonli buyrug’i va ta’lim boshqarmasining 2004-yil 26-oktabrdagi N275-sonli buyrug’i asosida «Nukus qurilish va kommunal xoʻjaligi kasb-hunar kolleji» deb tasdiqlandi, oʻquv binolari, iski va tashqi kommunikatsiya lar, sport maydonlari 2004-2005 yillarda rekonstruksiya qilindi.
2011-yil Nukus kommunal xoʻjaligi va xizmat koʻrsatish kasb-hunar kolleji etib qayta tashkil etildi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 6-sentabrdagi «PF-5812-son» Professional ta’limi tizimini takomillashtirish va qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’ri sida»gi Farmoniga muvofiq Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi Nukus kommunal xo’jaligi va xizmat ko’rsatish kasb-hunar kolleji asosida qayta tashkil etiladi.
Hozirgi kunda kasb-hunar maktabida 39 ta fan kabineti, 3 ta kompyuter xonasi, 3 ta laboratoriya xonasi, 1 ta yopiq sport zali, 1 ta sport maydonchasi, 1 ta avtomobil larni boshqarish o’rganish maydonchasi, 1 ta yong’in o’chirish va qutqaruv maydon chasi, 1 ta o’quv kutubxonasi, 100 ta o’quvchilik o’quvchilar turar joyi, 6 ta o’quv mebel ustaxonalari mavjud.
Kasb-hunar maktabi 600 oʻrinli boʻlib, hozirgi vaqtda 10 ta mutaxassislik boʻyicha kundizgi taʼlim shaklida 40 ta guruhda 1060 ta, dual ta’lim shak lida 1 guruhda 28 o’quvchi bo’lib va 1088 ta oʻquvchi taʼlim olmoqda. O’quvchilarga 56 ta tajribali o’qituvchilar va 35 ta ishlab chiqarish ustalari tomonidan nazariy va amaliy bilim lar berish. O’quvchilarning bo’sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish uchun 15 ta umum ta’lim berish va fan to’garaklari, 4 sport seksiyalari va «Yo’sh qutqaruvchi lar» klubi faoliyat olib bormoqda.