Qoraqalpog’iston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi boshlang’ich professional ta’limi bosqichida kadrlar tayyorlash to’g’risidagi Ustavi
1.bob. Umumiy qoidalar
- Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi PF-5812-sonli Farmoniga muvofiq Nukus shahar kommunal xoʻjaligi va xizmat ko’rsetish kolleji ni Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi qilib qayta tashkil etildi.
- Ushbu Ustav boshlangʻich professional taʼlim bosqichida kasb-hunar maktab lari tomonidan kadrlar tayyorlashni oʻrnatishini, asosiy maqsad va vazifalari, hu quq va majburiyatlarni, shu jumladan, xizmatini shakllantirish tartibini belgilaydi.
- Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi 9-sinf o’quvchilarini ijtimoiy qo’llab-quvvatlashga yo’naltirilgan boshlang’ich professional ta’limi bosqichida xalqaro klassifikatorning 3-darajasiga mos keladigan ta’lim dasturlari asosida kadrlar tayyorlash joyi hisoblanadi.
- Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi o’z faoliyatini O’zbekiston Respublika si Konstitutsiyasi va qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining qarorla ri, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari va buyruqlari, boshqaruv hujjatlari va ushbu Ustav asosida amalga oshiriladi.
- Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi Davlat budjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtiriladi.
- Nukus shahridagi 1-sonli kasib-hunar maktabi yuridik shaxs hisoblanadi, o’zi ning garovsiz balansiga, shaxsiy mol-mulkiga, O’zbekiston Respublikasi Davlat gerbi tasviri tushirilgan, nomi davlat tilida yozilgan muhriga, shtampga, davlat rusumidagi blankalarga, Moliya vazirligining G’aznachiligida uning hududiy bo’limlarida 100010860354017092901350001 shaxsiy hisobvaraqlariga, shuning dek, boshqa chet el valyutasidagi hisobvaraqlariga, rekvizitlariga ega bo’ladi, o’z nomidan shartnomalar tuzadi, mol-mulkni yoki xususiy bo’lmagan mol-mulkni noqonuniy deb topadi, yuklatilgan majburiyatlarni amalga oshirishda sud organ larida davogar va javobgar bo’ladigan o’quv o’rni hisoblanadi.
- Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabining rasmiy nomi: a) davlat tilida: to’liq nomi: «Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi», qisqartirilgan nomi – «Nukus shahar 1-sonli. K.H.M»;
- b) ingliz tilida: «Vocational school 1-of Nukus City», qisqartirilgan nomi –
«VSc 1-of Nukus City»
- v) rus tilida nomi: “Профессионалная школа №1 города Нукуса”, qisqartirilgan nomi -«ПШ №1 города Нукуса»
- Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi joylashgan joy (pochta manzili): 742000 Qoraqalpog’iston Respublikasi, Nukus shahri, A.Utepov nomersiz uy
2.bob. Kasb-hunar maktabining maqsad va vazifalari.
- Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabining asosiy maqsadlari: – umum ta’lim maktablarning 9-sinf oʻquvchilarining 2 yillik taʼlim va kasbiy fanlarning integra tsiyalashgan dasturlari asosida kunduzgi ta’lim shaklida kadrlar tayyorlashni tashkil etish.
– oʻquvchilarni tanlagan kasblari boʻyicha zamonaviy talablarga javob beradigan amaliy bilim va ko’nikmalarga maʼnaviy fazilatlariga ega boʻlishlarini intelektual jihatidan yetuk kadrlar tayyorlashdan iborat.
- Quyidagilar Nukus shahar 1-son kasb-hunar maktabining asosiy ta’lim yo’nalishlari bo’ladi:
– iqtisodiy soha va yo’nalshlardagi zarur kasib-hunar bo’yicha bilim va ko’nikmalarini zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarda qo’llay oladigan mutaxassislarni tayyorlash;
– egallagan kasb-hunarlari bo’yicha mehnat faoliyati bilan shug’ullanish huquqini o’rgatish, sifatli ta’lim olish uchun kasb-hunar ta’limiga o’rgatishni ta’minlash va ta’lim dasturi asosida o’qitish;
– egallagan kasb-hunarni o’rganish davrida o’quvchilarning kasbiy mahoratini, ko’nikmalarini rivojlantirish;
– ta’lim standartlari talablariga mos o’quvchilarning mahorati va ko’nikmalarini rivojlantirish;
-ta’lim jarayoni uchun zarur moddiy-texnik, o’quv-metodik bazasini yaratish
va o’quv davrida yoqori ish tajribasiga ega bo’lgan amaliy mutaxassislarni jalb qilish ishlarini amalga oshirish;
-kasb-hunarga tayyorlash jarayoni va mohiyatini jamiyatning talablaridan, fan, madaniyat va zamonaviy innovatsion texnika yutuqlaridan kelib chiqib rivojlan tirish;
-o’quvchilarni vatansevarlik, milliy o’zligini anglash, xalqimizning milliy, madaniy, tarixiy urf-odotlariga hurmat, vatanimiz bilan faxrlanish tuyg’usini rivojlantirish;
-o’quvchilarda ma’naviy axloqiy poklikni tarbiyalshda natiyjali usullardan va shakllardan foydalangan holda kamol toptirish;
– o’qituvchi va o’quvchilarning salomatligini saqlash, turmushi va dam olishi uchun yetarli shart-sharayotlar yaratish.
3.bob.Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabining huquq va majburiyatlari.
11.Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi:
-O‘zbekiston Respublikasi hududida vakillik doirasida o‘z nomidan yuridik va jismoniy shaxslar bilan shartnomalar va boshqa hujjatlarni tuzish;
– O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari bilan man etilmagan va ushbu Ustavga zid bo‘lmagan faoliyatlarni amalga oshirish.
-Ta’lim-tarbiya sifatini va unumdorligini oshirish maqsadida o‘qituvchilar bilan ta’lim ustolari orasida sog‘lom raqobat markazini tashkil etish huquqiga ega.
Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi qonun hujjatlariga mos boshqa huquq larga ega bo‘lishi mumkin.
- Nukus shahar 1-son kasb-hunar maktabi:
-O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasining “Talim haqida”gi qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ta’lim-tarbiya sohasi dagi farmonlari, qaror va buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkama sining qaror va buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining me’yoriy hujjatlarida belgilangan vazifalarni bajarish;
-Ta’lim standartlari, o‘quv rejasi va o‘quv dasturlari asosida sifatli kasb-hunar o‘rgatish va ta’lim berish.
-Kasb-hunar maktabi axborot-kutubxona texnologiyasi fondini umumiy o‘quvchi lar sonini hisobga olgan holda zamon talablariga javob bera oladigan darsliklar va o‘quv metodik adabiyotlar (badiiy kitoblar) to‘plomi bilan yetarli darajada ta’min lashni tashkil etish.
– Kasb-hunar maktabi o‘quvchilarida ma’naviy va axloqiy poklikni, milliy o‘zligini anglash xususiyatlarini rivojlantirish.
– Kasb-hunar maktabi o‘qutuvchilari va ta’lim ustalarining malakasini oshirish, tajriba almashni tashkil etish va moddiy tomondan qo‘llab –quvatlash;
-Ta’lim jarayoni ishtirokshilarini ijtimoiy qo‘llash;
-Pedagogik xizmat sifati, ijtimoiy nomi va mohiyatini oshirish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatish;
-Mehnatni himoya qilish talablariga javob beradigan ta’lim-tarbiya va mehnat sharoyotlarini yaratib berish zarur.
– Kasb-hunar maktabi qonun talablariga mos boshqa majburiyatlarini olishi mumkin.
4.bob.Ta’lim oluvchilar.
- Nukus shahridagi 1-sonli kasb-hunar maktabiga o’qishga qabul qilingan o’quvchilar ta’lim muassasasining o’quvchisi hisoblanadi.
- Kasb-hunar maktablari oʻquvchilariga oʻquvchilik guvohnomasi beriladi.
- Kasb-hunar maktablari o’quvchilarining:
– ta’lim olish uchun konstitutsiyaviy huquqlardan foydalanganib, kasb-hunar bo’yicha zamonaviy ilm, fan-texnika va amaliyotga asoslangan ta’lim olishlari;
– ta’lim-tarbiya jarayonida o’quv-texnika asbob-uskunalaridan , fanlar kabinetlari axborot-kutubxona jamg’armasidan axborot-kutubxona o’quv zallari va boshqa o’quv xonalaridan , yordam mashinalaridan , sport binolaridan , kasb-hunar maktabiga qarashli tibbiy va texnik asbob-uskunalardan bepul foydalanishlari;
– tuman, shahar, viloyat va respublika miqyosida o’tkaziladigan ko’rik tanlovlar, sport musobaqalari, amaliy seminarlar, konferensiyalarda qatnashish;
– kasb-hunar maktabida tashkil etilgan har qanday tadbirlarga va to’garak ishlariga qatnashish;
– kasb-hunar maktabida o’quvchilarning ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador masalalar bo’yicha yo‘shlar ishlari tashkiloti o’quvchilarning o’zini o’zi boshqarish tartibida qatnashish, shu jumladan, o’quvchilarning o’zini o’zi boshqarish, ularning ish tartibiga bo’ysunishi va boshqa masalalarda qatnashish.
– kasb-hunar maktablari o’quvchilari qonun hujjatlariga mos boshqa huquqlarga ega bo’lishi mumkin.
- Kasb-hunar maktabining o’quvchilari:
– o’quv-tarbiya jarayonida kasb-hunar maktabining Ustaviga, tartib-qoidalarini, odob-axloq qoidalarini, kiyihish madaniyatini va o’quvchlar turor joyida tuzilgan qoidalarini qat’iy bajaradilar;
– o’quv amaliy mashg’ulotlariga to’liq qatnashishi, fanlarni o’quv dastiri asosida o’zlashtirib olishi, o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalari tomonidan berilgan topshiriqlariga o’z vaqtida tayyorgarlik qilish;
– o’quv-tarbiya jarayonida o’qituvchilar uchun zarur bo’lgan texnik asbob-uskuna lardan, fan kabinetlaridan, axborot-kutubxonalari ta’lim fondlaridan, o’quv zali va boshqa xonalardan, sport uskunalaridan kasb-hunar maktabiga tegishli uskunalar dan texnik qavfsizligiga amal qilgan holda foydalanish;
– o’quv rejasida belgilangan muddatlarda amaliyotlarni to’liq bajarish;
fan kabinetlari, axboroy-kutubxona, o’qish zali va sport zalida oshxona, yatoqxona larda, ustaxonalarda sanitariya-gigiyena, texnik va o’t qavfsizligi talablariga mos qat’iy amal qilgan holda foydalanish;
-kasb-hunar maktabi hududida uyali telefonlardan foydalanishni tartibga soluvchi tegishli ichki tartib qoidalarga boysinishga majbur hisoblanadi;
-kasb-hunar maktabi o’quvchilari ta’lim talablariga mos ravishda boshqa majburiyat larni ham olishi mumkin.
17.O’qishda yutuqlarga erishgan, oylab topish xizmati, jamoat ishlarida faol qatnashgan o’quvchilarga turli rag‘batlantirishlar beriladi.
- Ichki tartib va odob-axloq qoidalarini buzgan va qonunga xilof harakatlarni sodir etgan o’quvchilarga intizomiy jazo choralari qo’llaniladi.
5.bob. Oʻquv-tarbiyaviy va ilmiy-metodik ishlar
- O’qituvchilar, ish beruvchilar va o’quvchilar ta’lim jarayonining ishtirokchilari hisoblanadi.
- Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabida:
– o’qish muddati 2 yil bo’lib, kunduzgi ta’lim shaklida amalga oshiriladi;
– o’quvchilar o’quv kurslari va o’qish tili bo’yicha guruhlarga, o’qish yo’nalishi bo’yicha guruhlarga taqsimlanadi;
– o’quvchilar soni guruhlarda O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tartibida belgilangan talablarda belgilanadi;
– o’qish yilining boshlanishi, tugallanishi, o’quv yuklamasi, ta’til muddati, davo miyligi, shu jumladan, o’qish-tarbiya jarayonining belgilangan shakllari, amaliyot turlari va davlat attestatsiyasidan o’tkazuvch tartibi, ta’lim jarayoniga tegishli ravishda belgilangan boshqa talablarga mos qonunchilikda belgilangan tartibda tastiyiqlangan o’quv rejalari va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida belgilanadi;
– kasb-hunar maktabida barcha turdagi o’quv mashg’ulotlarining davomiyligi tegishli me’yoriy hujjatlar bilan belgilanadi.
- Ta’limni shakllantirish t’aʼlim standartlari asosida taʼlim dasturlari (malaka talablari , oʻquv rejasi va oʻqish dasturlari) boʻyicha belgilab qoʻyiladi.
- O’quvchilarning nazariy va amaliy bilimlari me’yoriy talablarda belgilangan tartibda tushuntiriladi.
- Kasb-hunar maktabida o’quv kursini tamomlagandan so’ng kuzatuv natijalariga ko’ra o’qishni davom ettirish , kursda qoldirish yoki o’qishni ko’shirish to’g’risida qaror qabul qilinadi. O’quvchilarni kursdan kursga o’tkazish, kursda qoldirish kasb-hunar maktabi pedagogik kengashining qarori va direktorning buyrug’i bilan rasmiylashtiriladi.
24.O’quvchilarni kasb-hunar maktabida o’qitish ta’limning fan va ishlab chiqarish bilan hamkorlikda faoliyat olib borishi asosida amalga oshiriladi.
- Kasb-hunar maktabi o’quvchilarining karxona tashkil etilgan tizimli asosda ishlab chiqarish va mutaxassisligi bo’yicha malakaviy amaliyot olib borish uchun shart-sharayotlar yaratiladi.
- O’qitish rejimi va fanlar dasturlarining barcha talablarini qondirgan o’quvchi kasb-hunar maktabining pedagogik kengashi qarori bilan direktorning buyrug’i bilan davlat attestatsiyasiga yuboriladi. Yuridik malakali davlat attestatsiyasi amal dagi me’yoriy hujjatlarga amalda qo’yiladigan «Amaliy-ko’rgazmali» imtihonlar turida o’tkaziladi.
- Davlat attestatsiyasi komissiyasining qaroriga ko’ra talim olgan mutaxassis (mutaxassisi) o’qigan kasbini ko’rsatgan holda davlat namunasidagi diplom beriladi.
28.Diplomga o’zlashtirilgan fanlar ro‘yxati, o’tkazilgan soatlar soni , o’zlashtirilgan fanlar darajasi (bahosi) va davlat attestatsiyasi natijalari ko’rsatilgan sahifa ilova qilinadi.
29.Kasb-hunar maktabini tamomlaganlik diplomiga ega boʻlgan bilim va malaka bozorida ishlash huquqini beradi.
- Kasb-hunar maktabida o’quv-metodik, ilmiy-metodik va tarbiyaviy ishlarni amalga oshirish maqsadida fanlar bo’yicha metodik birlashmalar (tashkilotlar) tomonidan amalga oshiriladi.
31.Oquv dasturi turi ilmiy asoslangan innovatsion usul va oqitish usullarin tanlov asosida tashkillashtiriladi .
32.Nukus shahar 1-sonli kasip hunar maktabida ruxiy -ma’naviy va tarbiyaviylik ishlari qadriyatlarga va milliy urf -adotlarga asoslanadi.
– kasib- hunar maktabida vatanparvarlik va milliy mustaqil ideayalarga sadoqatli va jamiyatning rivojlanishiga oz hissasin qosha aladigan shaxsni tarbiyalash o‘quv jarayoni bilan tog‘ridan-tog‘ri bog‘langan «Ruxiy va ma’naviy » jamiyatchilik markazi, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti, Shaxsning ijodiy faolligini rivojlantiruvchi fondlarning faolligini amalga oshiradi
– yo‘shlarning ruxiy -odob ikromlilikga tarbiyalashda xalqning boy milliy-mada niy, tarixiy anʼanalariga asoslangan tarbiyaviy mashgʻulotlarining turli ko‘rinish lari umumlashtirish turlarin keng targʻib qilish maqsadida kasb-hunar maktabining veb-sayti va ijtimoiy tarmoqlarida yo‘shlarni maʼnaviy-axloqiy kamolotga oʻrgatish yoʻlga qoʻyiladi;
– o’quvchilarning o’z intellektual darajasin oshirishlari adabiy kitoblarni o‘qishga qiziqtirish, kitob o‘qish va kitobxonlik madaniyatini oshirishda ishlar olib borish yangi badiiy kitoblarning ko‘rgazmasin tashkillashtirish ishlari orqali amalga oshiriladi.
– yosh avlodni ma’naviy-axloqiy ixloslilik, milliy g’oyalarga sadoqatli va vatanpar varlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy boy va shaxsiy dunyoqarashga ega bo’lgan shaxslarni tarbiyalashda milliy-madaniy, tarixiy urf-odatlarga va milliy qadriyat larga tarbiyaning turli shakllari qo’llaniladi.
6.bob. Ta’lim muassasini boshqarish.
33 . Kasb-hunar maktabiga O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vaziri tomonidan tayinlangan direktor rahbarlik qiladi. Kasb-hunar maktabining rahbariyati direktor tomonidan boshqariladi. Direktor:
– Kasb-hunar maktabining ishlarini yuritishga yakka tartibda javob beradi
– davlat organlari, yuridik va jismoniy shaxslar, shuningdek, boshqa tashkilotlar bilan munasabatda kasb-hunar maktabi nomi bilan ish yuritadi
– faol o’qituvchilar, ishlab chiqarich ustalari va xodimlarni moddiy rag’batlantirish choralarini ko’rish;.
-o‘z vakillik doirasida xizmatchilar tomonidan orinlanishi shart bo‘lgan buyruqlar chiqaradi va ko’rsatmalar beradi;
-o‘z vakillik doirasidan boshqa xizmatlarni bajaradi.
– Direktor adminstratsiya ishlarining natijalari bo’yicha pedagogika kengashi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Qoraqalpog’iston Respublikasi hududiy boshqarmasi va vazirlikga hisobot beradi.
- Kasb-hunar maktabining yuqori organi Pedagogik kengash hisoblanadi.
Pedagogik kengash:
– Kasb-hunar maktabin rivojlantirishning asosiy yo’nalishlarin, boshlang’ich professional ta’limga ega kadrlar tayyorlash va ta’lim sifatini oshirib va rivojlanib boradi;
– o’quvchilarni qabul qilish, kursdan kursga o’tirish va qoldirish masalalarini o‘rganib chiqadi hamda tegishli qarorlar qabul qiladi
– o’qituvchilar va ishlab chiqarish talimi ustalarining ijodiy faoligini oshirish, ularning pedagogik tajribasin keng tarqatish bo‘yicha mutaxassisligin oshirish ishlarin takomillashtirilganligin muhokama qiladi.;
– tegishli normativ hujjatlar talablariga muvofiq, o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalariga kasiblik kategoriya berish va bazaviy tarif stavkasida belgilangan ustama haqi to‘lovlarini belgilash haqqidagi masalalarni o‘rganib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi.
– Davlat attestatsiya komissiyasi va qabul komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi;
– Pedagogik kengash tarkibiga kasb-hunar maktabi direktori, uning o’rinbosarlari, o’qituvchilar, kasb-hunar o’qituvchilari, psixologlar, o’quv-kutubxona markazi bo‘ yicha xodimlari kiritiladi. Pedagogik kengash tarkibiga zaruriyotga qarab ishlab chiqarish karxonalari va ish beruvchilarning vakillari kiritilishi mumkin. Direktor Pedagogik kengashning rahbari hisoblanadi.
35 . Pedagogik kengash majlisi har ikki oyda kamida bir marta oʻtkaziladi, agar zarur boʻlsa, navbattan tashqari Pedagogik kengash majlisi o‘tkarilishi mumkin. Kengash qarorlari umumiy ochiq-oshkora ovoz berish orqali qabul qilinadi. Peda gogik kengash qarorlari direktor buyrug’i bilan kuchga kiradi.
36 . Kasb-hunar maktabining shtatlar jadvali belgilangan tartibda ishlab chiqiladi, tasdiqlanadi va tizimdan o’tkaziladi.
37 . Kasb-hunar maktabida Pedagogik kengash, metodik kengash, ota-onalar kengashi tuziladi va xizmat ko‘rsatadi
38.Kasb-hunar maktabi tarkibida kasiblik ittifoq birlashmasi, xotin-qizlar tashkiloti O’zbekiston Yo‘shlar ishlari tashkiloti vakili, pedagogik kengashi va kasb-hunar maktabidagi o’qitish-tarbiya jarayoniga javobgar bo‘lgan boshqa jamoatlik tashkilotlar tuzilishi mumkin
39 . Kasb-hunar maktabida fanlar boʻyicha kafedralar tashkil etiladi. Tashkillash tirilgan kafedralar ularning xizmati haqida qonunlar bo’yicha tartibga solinadi.
- Kasb-hunar maktabi o’qituvchilari bilan hamkorlikda ta’lim sifatini oshirishga yo’naltirilgan hamkorlikni yo’lga qo’yiladi
7.bob. Pedagog xodimlar, o’quv-tarbiya xodimlari
41 . Tegishli yuqori malumotga, kasibiy tayyorgarlikga hamda yuqori ma’naviy xususiyatga ega bo‘lgan kasb-hunar maktablarida pedagogik xizmat bilan shug’ul lanish huquqiga ega
42 . Pedagoglarni o’qishga qabul qilish, ularning o’qish yuklamasin belgilash nizom hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi
43 . O’qituvchi va ishlab chiqarish talim ustalarnini pedagogik xizmat darajasini tasdiqlash uchun attestatsiyadan o’tkarish va mutaxassisligi bo‘yicha toifasin berish tartibi normativ talablarga muvofiq amalga oshiriladi.
44 . O’qituvchilarning pedagogik, psixologik, kasbiy mahoratini oshirish va mutaxassisligin oshirish 3 yilda kamida bir marta o’tkaziladi.
- Guruhlarda oʻqish, ruxiy -maʼrifatli boʻlish, tarbiyaviy va tashkillashtirish ishlarida rahbarlik qilish uchun o‘qituvchilaridan guruh rahbarlari tayinlanadi.
- O’qituvchilar, ishlab chiqarish ta’lim ustalari va xodimlarning huquqlari va vaziyfalari, lavozim va vaziyfalari, mutaxasis talablari va majburiyatlari kasbga qo’yilgan talablar bilan belgilanadi va O’zbekiston Respublikasining mehnat qoida lariga muvofiq tartibga solinadi. O’qituvchilar, ta’lim beruvchilar va xodimlar pedagogik xizmatda, tarbiyaviy va ilmiy jarayonlarda yuqori natijalarga erishishi, o’quvchilarda beg’arazlik, faollik, to’g’rilik fazilatlarini, mehnatsevarlik odatlarini rivojlantirishga majbur bo’ladilar, kasb-hunar maktabi ustaviga bo‘ysinishga majbur.
- O’qituvchilar, ishlab chiqarish ta’limi ustalari va xizmatkorlar O’zbekiston Respublikasining mehnat haqidagi qonun asosida lavozimga tayinlanadi va lavozimdan azod etiladi.
- O’quv-tarbiya jarayonining sifatining yaxshilashga ulkan hissa qo’shgan, yuqori mahoratga ega bo’lgan;
– o’quvchilarda amaliy ko’nikmalar va ijodiy faoliyatining rivojlanishidagi hissasi uchun;
– o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalarining ilmiy-tadqiqot ishlarida faol bo’lganligi uchun;
– jamoatchilik, ma’naviy-ma’rifiy va jamoat hayotida faol ishtirok etganligi uchun o’qituvchilar va ishlab chiqarish ta’lim ustalari va ishlovchilar rag’batlantiriladi.
8.bob. Jamoat tashkilotlari.
- Kasb-hunar maktablarida o’qituvchi, ishlab chiqaruvchi ta’lim ustalar, ma’mu riy va yordamchi xodimlarni birlashtirish jamot tashkilotlari xizmat koʼrsatdi.
Jamoatchilik tashkilotlarining faoliyati amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
- Yo‘shlar ishlari boshlangʻich tashkiloti oʻquvchilarni oʻz hohishlari bilan bir lashtiradi. Yo‘shlar ishlari boshlang’ich kengashining maqsad va vazifalari kasb-hunar maktablari yo‘shlarini birlashtirish, sogʻlom turmush tarzida tarbiyalaylash, jamiyatda munosib oʻz oʻrnini topishga koʻmaklashish, ularning manfaatlarini himoya qilishdan iborat.
51.O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasida jamoatchilik tashki lotlari to’g’risida»gi qonunda belgilangan tartibda o’tkazilgan kasblik birlashmasi komiteti kasb-hunar maktabi xizmatkorlari va o’quvchilarining jamoat birlashmasi sifatida tan olinadi. O’zbekiston Respublikasining Kasblik tashkilotlari, ularning huquqlari va xizmatlarining kapilliklari to’g’risida»gi qonunga va boshqa tegishli normativ hujjatlarga amal qilgan holda ish ko’radi.
9.bob. Kasb-hunar maktabining mol-mulki va qarajatlari.
- Kasb-hunar maktabi o’zining moliya-xo’jalik xizmatlarini O’zbekiston Respub likasi Davlat budjeti mablag’lari nazorat qilinmaydigan boshqa tarmoqlar hisobidan amalga oshiriladi.
- O’qituvchi, ishlab chiqarish ta’lim ustalari, ishlovchilarning ish haqi, ularning sifatli xizmatlari uchun, ularni rag’batlantirish miqdori va ish haqiga qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
- Budjet mablag‘lari kasb-hunar maktabi ixtiyorida bo‘ladi va qonunchilikda belgilangan tartibda Ustavda belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida foydalaniladi.
- Kasb-hunar maktabining obyektlari va mol-mulkidan oʻquv mashgʻulotlari davrida ishbilarmonlik xizmatini amalga oshirish maqsadida foydalanish mumkin. Xususan , «B » va «BS » avtomobil haydovchisi «uchun to’lamli qisqa muddatli oʻquv kurslari, har turli fanlar boʻyicha repetitorlik kurslarini tashkil etish.
- Fan kabinetlari, ustaxonalar va boshqa obyektlarning oʻquv-metodik va texnik uskunalanishining namunaviy normativlari bilan belgilanadi.
- Kasb-hunar maktabining mol-mulkidan samarali va maqsadga yo’naltirilgan tarzda foydalanish uchun qonun hujjatlariga muvofiq direktor to’liq javob beradi.
- Kasb-hunar maktabi o‘zining moliyaviy xizmatlarini amalga oshirish uchun amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq buxgalteriya va statistika hisobini olib bora di, moliyaviy xizmatlarni to‘g‘ri tahlil qiladi va mablag‘larning maqsadli foydala nishni taʼminlaydi, moliyaviy va statistik hisobotlarni qonun hujjatlarida belgilan gan muddatlarda tegishli tashkilotlarga topshiradi.
- Kasb-hunar maktabining moliya-xo’jalik xizmati nazorat qilish qonun hujjatla riga muvofiq vakillik tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
10.bob. Qayta tashkil etish va faoliyatini toʻxtatish.
- Kasb-hunar maktabi qonunda belgilangan tartibda vakilli tashkilotlar tomonidan tashkil etiladi va faoliyati to’xtatiladi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 6 sentabrdagi
PF-5812-sonli Farmoniga asos.
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
2020 yil 7 avgustdagi 466-qaroriga asos.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligining
2020-yil 14-avgustdagi 421-son buyrug’i asosida.
Nukus shahar 1-sonli kasb-hunar maktabi direktori: М.Seytbekov
Nukus shahar yurist konsultanti: X.Axmetov